Dastur haqida
«Ekologiya va tabiatdan foydalanish» ta’lim yo‘nalishida talabalar matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, ekologiya, shuningdek, Yer haqidagi fanlarning turli yo‘nalishlari: geologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik, atmosfera haqidagi ta’limot, gidrosfera haqidagi ta’limot va boshqa fanlar bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘ladilar. Talabalar geografik axborot tizimlaridan (GAT) foydalanish, aerokosmik suratlarni qayta ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar. Ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda iqlim o‘zgarishini prognozlash, atrof-muhitning ifloslanishi, atrof-muhitga ta’sirni baholash hamda ekologik xavfni aniqlash vazifalarini hal etish imkonini beradigan yangi zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalaniladi.









