Dastur haqida
Dasturdan ko‘zlangan maqsad — talabalarda jinoyat-huquqiy munosabatlar doirasida shaxs huquqlarining tushunchasi, mazmuni, kafolatlari va ularni himoya qilishning huquqiy usullari haqida konseptual bilimlarni shakllantirish, shuningdek, jinoyat-huquqiy munosabatlar sohasiga jalb etilgan shaxsning huquq va erkinliklari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish hamda huquqlarni himoya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallashdan iborat. Jinoyat-huquqiy munosabatlar sohasidagi yurist — bu: jinoyat-huquqiy sohada shaxs huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan mansabdorlik va boshqa kasbiy vazifalarni yuqori darajada bajaradigan; shaxs huquqlarini jinoyat-huquqiy himoya qilish faoliyatini malakali darajada amalga oshiradigan mutaxassisdir.












