Dastur haqida
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohalari ta’lim, ijtimoiy soha va sog‘liqni saqlash muassasalari negizida nutqida buzilishlari bo‘lgan shaxslarni (bolalar, o‘smirlar va kattalarni) o‘qitishni o‘z ichiga oladi.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlari: korreksion-rivojlantiruvchi (o‘quv-tarbiyaviy) va reabilitatsiya jarayonlari; korreksion-ta’limiy, reabilitatsion, ijtimoiy moslashtirish va umumiy ta’lim tizimlari.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat turlari: korreksion-pedagogik; diagnostik-maslahat; tadqiqot; madaniy-ma’rifiy.









