Dastur haqida
Shaharlar, hududlar va butun mamlakatlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi, shuningdek, fuqarolarning farovonligi va hayot sifatini oshirish bevosita sifatli ta’lim hamda boshqaruv kadrlari professionalligiga bog‘liq. Bitiruvchilar keyinchalik kelajakdagi kasbida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan asosiy kompetensiyalarga ega bo‘ladilar: boshqaruv va ma’muriy ko‘nikmalar; iqtisodiy va huquqiy bilimlar; umummadaniy kompetensiyalar; personalni boshqarish; jamoani shakllantirish va xodimlarni rag‘batlantirish; uzluksiz ta’lim olish va o‘zini rivojlantirish. Dasturni amalga oshirishda kompetensiyaviy yondashuv, modullilik, faol, interaktiv va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta’lim modeli qo‘llaniladi.












