Dastur haqida
RUDN universitetidagi «Amaliy matematika va informatika» magistratura dasturi bir nechta ta’lim profillarini o‘z ichiga oladi: Muhandislik akademiyasida — «Data Science va raqamli transformatsiya», «Ballistik loyihalash hamda Yer masofadan zondlash kosmik tizimlaridan foydalanish axborot texnologiyalari» (ingliz tilida), «Kosmik missiyalar va tizimlarni loyihalash»; Fizika-matematika va tabiiy fanlar fakultetida — «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika», «Fanlararo tadqiqotlardagi matematik modellar»; Ekologiya institutida — «Ekologiya va iqtisodiyotdagi jarayonlarni modellashtirish va prognozlash».
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilarga IT gigantlari, banklar va fintech startaplarida, ilmiy markazlarda, konsalting, telekommunikatsiya va sanoat kompaniyalarida, shuningdek, raqamli egizaklar va optimallashtirish yechimlarini joriy etuvchi kompaniyalarda talab yuqori. Ular quyidagi kasblarni tanlashlari mumkin: Data Scientist / katta ma’lumotlar tahlilchisi; AI va ML sohasidagi tadqiqotchi; matematik modellashtirish muhandisi; dasturiy ta’minot arxitektori / yetakchi dasturchi; fintech sohasidagi quantitative analyst (quant); ilmiy xodim; texnik direktor (CTO, yo‘nalish rahbari); OTM o‘qituvchisi / ilmiy rahbar.