Dastur haqida
Iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy, texnologik va innovatsion biznes jarayonlari sohasida kompetensiyalarga ega menejerlarni tayyorlash dasturi. Olingan bilimlar restoran industriyasidagi korxonani samarali boshqarish va biznes loyihalarini rivojlantirishni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu ixtisoslik bitiruvchilari egallagan ko‘nikma va malakalarini amaldagi restoran biznesi korxonalarida muvaffaqiyatli qo‘llashlari, shuningdek, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.











