Dastur haqida
Talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:
- mehmonxona mahsuloti iste’molchisining so‘rovlari, ehtiyojlari va asosiy qadriyatlarini;
- mehmonxona faoliyati korxonalarida xizmatlar ko‘rsatish jarayonini tashkil etishni;
- mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarini, sanatoriy-kurort va dam olish obyektlarini, umumiy ovqatlanish va hordiq chiqarish obyektlarini, shuningdek mehmonxona mahsulotini shakllantirish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni;
- mehmonxona mahsulotini shakllantirish, ilgari surish va realizatsiya qilish texnologiyalarini;
- texnologik va inson resurslarini boshqarishni;
- mehmonxona faoliyatining texnologik jarayonlarini hamda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlaydigan texnika va uskunalarni.








