Dastur haqida
Ta'lim dasturi ingliz tili va ikkinchi xorijiy tilni chuqur biladigan, "Qo'shimcha ta'lim o'qituvchisi", "Kasbiy va madaniyatlararo muloqot sohasida tarjimon", "Xorijiy til o'qituvchisi" qo'shimcha malaka olish imkoniyatiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Dastur o'rganuvchilariga neft-gaz va energetika biznesi sohasida intensiv til tayyorgarligini o'tish, madaniyatlararo biznes-muloqot sohasida har tomonlama bilim olish, shuningdek, tarjima loyihalarini boshqarish, terminologik bazalar yaratish va axborot texnologiyalari yordamida tarjimalarni lokalizatsiya qilish ko'nikmalarini egallash noyob imkoniyat taqdim etiladi.










