Dastur haqida
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy faoliyat sohasi: umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat xomashyosini qayta ishlash, qayta tayyorlash va saqlash; umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yarim tayyor mahsulotlar hamda turli maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish; umumiy ovqatlanish korxonalarining texnologik uskunalaridan foydalanish; sog‘lom ovqatlanish uchun yangi mahsulotlar ishlab chiqarish retsepturalari, texnologiyalari va me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish; umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; umumiy ovqatlanish korxonalarining samarali faoliyatini nazorat qilish; oziq-ovqat xomashyosi va ovqatlanish mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini nazorat qilish; umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash va rekonstruksiya qilish.








