Dastur haqida
«Tarjima va tarjimashunoslik» ta’lim dasturi tarjima, tilshunoslik va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida kompetensiyalarga ega magistrlarni tayyorlashga qaratilgan. Unda til madaniy muloqot vositasi hamda biznes, siyosat, OAV, texnologiyalar va xalqaro munosabatlardagi to‘siqlarni bartaraf etish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Dastur ilmiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, talabalarga tadqiqotlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va nashrlar orqali tilshunoslik hamda tarjimashunoslikka o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi. Semeotika (belgilar va ramzlarni o‘rganish)ni madaniyatlararo kommunikatsiya va kognitiv fanlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida urg‘u beriladi. Bu madaniy kontekstlarning idrok etishga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi











